Kecha Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida Lyudvig Nobel mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda "Olamsport" manbasi xabar berdi.
Ushbu marosimda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, iqtisod fanlari nomzodi, dunyoning bir nechta nufuzli universitetlari faxriy doktori, mesenat Salim Abduvaliyev ham ishtirok etyapti.
Quvonarlisi, Salim Kirgizbayevich 1888 yilda asos solingan, 2005 yildan qayta yo‘lga qo‘yilgan Lyudvig Nobel premiyasining 2022 yilgi mukofotiga munosib ko‘rildi. Ayni shu daqiqalarda yuksak mukofotni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bu mukofot laureatlarga insoniyat oldidagi buyuk ishlari, professionalizm, erishgan yutuqlari uchun taqdim etiladi.