Kanada g‘arbidagi maktablardan birida ommaviy otishma sodir bo‘ldi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida kamida o‘n kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 25 kishi tan jarohati oldi.
Bu haqdagi ma’lumotlarni CBC telekanali taqdim etmoqda. Xabarlarga ko‘ra, o‘q ovozlari Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining Tambler-Ridj shahrida eshitilgan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning olti nafarining jasadi maktab binosi ichidan topilgan, yana bir jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Otishmani sodir etgan shaxsning o‘zi ham halok bo‘lgan. Shuningdek, voqea joyi yaqinidan yana ikki kishining jasadi topilgan.