Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev o‘z lavozimidan ozod etildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev o‘z lavozimidan ozod etildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni e’lon qildi.

Tashiyev 2020 yil 16 oktyabrdan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Jumgalbek Shabdanbekov bo‘lsa MXDQ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning nomzodi qo‘mita raisi lavozimiga tayinlash uchun Qirg‘iziston Jogorku Keneshiga kelishish uchun kiritilmoqda.

Qamchibek Tashiyev va mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarovning ko‘p yillik munosabatlari doimo mamlakatdagi eng barqaror va ta’sirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida qaralib kelgan, deb yozadi 24.kg. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelishlaridan ancha oldin boshlangan: hali 2010 yillarning boshidayoq ular siyosiy jarayonlarda bir necha bor bir tomonda turib chiqish qilgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni boshdan kechirgan, bu esa ularning shaxsiy rishtalarini faqat mustahkamlagan, deydi nashr.

2020 yil oktyabr voqealaridan keyin tandem uzil-kesil shakllangan: Sadir Japarov prezidentlik lavozimini egallagan, Qamchibek Tashiyev esa MXDQ rahbari etib tayinlangan va kuchishlatar blokining asosiy tayanchiga aylangan. Aynan u eng shov-shuvli ishlarni nazorat qilgan, kuchishlatar siyosatini shakllantirgan va de-fakto prezident jamoasining eng yaqin ishonchli vakili bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!