Evropa mamlakatlari yillar davomida o‘z suverenitetidan voz kechib, oxir-oqibat “baxtli vassallar”dan “baxtsiz qullar”ga aylandi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Diplomatlar kuni munosabati bilan RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ular uzoq yillar davomida suverenitetidan voz kechdi, baxtli vassallar qiyofasini saqlab keldi. Ammo natijada ularning baxtsiz qullar ekani ma’lum bo‘ldi”, — dedi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat AQSh Yevropa hududining bir qismini egallash istagini bildirganidan so‘ng yaqqol namoyon bo‘lgan.