Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Saidaziz medgorodok” ishida hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Saidaziz medgorodok” ishida hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi apellyasiya sudida ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kishi JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmidan norozi bo‘lib, apellyasiya shikoyati kiritgan. Bugun, 27 noyabr kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiya sudi ishni ko‘rib chiqib, ajrim qabul qildi.

Sud ajrimiga ko‘ra, birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kishining apellyasiya shikoyatlari esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmiga ko‘ra, Saidaziz Saidaliyev tovlamachilik, firibgarlik, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, bezorilik, pora berishda ishtirok etish kabi jinoyatlarni sodir qilgan deb topilgan. Unga 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sud hukmi bilan yana 22 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudlanganlardan ikkitasiga axloq tuzatish ishlari, uchtasiga ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo tayinlangandi. Bir kishi esa sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgani sababli jazodan ozod etilgan edi.

Bundan tashqari, 16 nafar sudlanuvchidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi, Saidaziz Saidaliyev tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 18:52. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!