Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Unda O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — yosh avlod ekani, mamlakatning kelajakdagi taraqqiyoti uchun aholi salomatligi, ta’limi va xavfsizligiga, ayniqsa, ayollar va bolalarga investisiya kiritish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend — 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, mamlakat kelajagi faqat aholi soni bilan emas, avvalo, odamlar qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.