Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiyaga tashrif doirasida Rossiya Federasiyasi Prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, madaniyat, ta’lim va tarixiy merosni saqlash sohalaridagi qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
“Yangi Quddus“ muzeyida o‘zbek san’ati ko‘rgazmasining ochilishi va O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlarining o‘tkazilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro qiziqishning yorqin namunasidir, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.