Prezident Administrasiyasi rahbari Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.Asosiy e’tibor suv ta’minoti masalasiga qaratildi.
Qarshi shahridagi “Chap tarmoq” kanalini betonlashtirish va obodonlashtirish ishlari boshlandi. Bu orqali 1,4 ming gektar tomorqa yerlari barqaror suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kanal bo‘yidagi to‘rtta mahallada yashovchi 25 ming aholi uchun dam olish va sayr maskanlari barpo etiladi.
“Muhimi, bu ishlar natijasini odamlar kundalik hayotida his qilishi kerak”, — dedi Saida Mirziyoyeva.