Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatida narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
"U yerga sohadagi ahvolni boricha ko‘rish, o‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik. Munosib sharoit va malakali yordam bilan birga samimiy e’tibor ham bemorga kuch beradi. Ba’zan bir og‘iz dalda kishida ishonch va umid uyg‘otadi. Hech kim yordam so‘rashdan cho‘chimasligi, dardi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak.
Kasallikning oldini olish, davolash va reabilitasiyani qamrab olgan, turli soha mutaxassislari bir jamoa bo‘lib ishlaydigan tizim yaratishni maqsad qilganmiz.
Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda sohani tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqamiz. Bunda inson, uning qadri va sog‘lom hayotga qaytishiga ko‘maklashish e’tibor markazida turadi", deb yozadi Administrasiya rahbari.