Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Saida Mirziyoyeva hakamlik qilgan nufuzli mukofot sovrindorlari e’lon qilindi

Saida Mirziyoyeva hakamlik qilgan nufuzli mukofot sovrindorlari e’lon qilindi

Birlashgan Arab Amirliklarida tinchlik, ijtimoiy adolat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli «Insoniy birodarlik» (Zayed Award for Human Fraternity) sovrindorlari ma’lum bo‘ldi.

Bu yilgi mukofot Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi hamda huquq himoyachisi Zarqa Yaftaliga nasib etdi.

E’tiborli jihati shundaki, mukofot sovrindorlarini aniqlagan xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida Markaziy Osiyoning yagona vakili — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Ushbu ishtirok O‘zbekistonning global gumanitar tashabbuslar va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilayotganining yaqqol namunasidir.

Ma’lumot uchun: taqdirlash marosimi 2026 yil 4 fevral kuni BMT tomonidan belgilangan Xalqaro inson birodarligi kunida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 19:08. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!