Rezidensiyada AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashining hamraislari hisoblanadi.
«Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman», — deya ta’kidladi PA rahbari.
E’lon qilingan suratda, shuningdek, AQSh Prezidentining qizi Tiffani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham aks etgan.