Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Ellikqal’a tumani hokimligi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 4-5 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida "Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostida "Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivalini o‘tkazdi. Mazkur festival mamlakatimiz, shu jumladan Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan turizm bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoshlar qamrab olindi.

"Sahro sadosi" yoshlar festivalini Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov ochib berdi.

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Shundan so‘ng festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro treninglar o‘tkazildi.

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Undan so‘ng Tuproqqal’a tarixiy majmuasida talaba-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlarimiz!” mavzusida rasm chizish ko‘rik-tanlovi, Aqchako‘l sohilida “Baliqdan 99 xil taom” milliy taomlar tanlovi o‘tkazildi. Qolaversa, festival doirasida sport musobaqalari, milliy sport o‘yinlari tadbirlari Aqchako‘ldagi Amfiteatrda festival konsert dasturlariga ulanib ketdi.

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

"Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Festivalning ikkinchi kunida Ayozqal’ada kurash, shaxmat, shashka, arqon tortish kabi sport o‘yinlari keng qamrovda o‘tkazildi. Festival ikki kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Faol ishtirok etkan yoshlar turli nominasiyalar asosida taqdirlandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarga erishildi.

Kiritildi: Bugun 18:16. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!