Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Isroil rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolanishini buzish maqsadida «Hizbulloh» bosh kotibi Hasan Nasrulloh va Falastinning «Hamas» harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani o‘ldirish bo‘yicha operasiyalar uyushtirganiga ishonchi komil.
Ular Nasrullohni AQSh Netanyaxu qabul qilmoqchi bo‘lgan tinchlik shartnomasi tasdiqlanayotgan paytda o‘ldirishdi. Ular Tehronda Haniyani aynan saylangan prezident (Eron - tahr.) bilan muloqot rejalashtirilganda o‘ldirishdi. Gap nima edi? Bu butun mintaqani zo‘ravonlik bilan qamrab olishga qaratilgan nasist-sionist-fashistik urushning aqldan ozgan mantiqidir.
- dedi Maduro.
❕ Maduroning so‘zlariga ko‘ra, «xalqaro huquq o‘lik jarohat oldi» va BMT institutlaridan «xalqlarga qarshi foydalanilmoqda».
Yaqin Sharqdagi voqealar “xalqaro huquq va BMT institutlari xarobada qolayotganini ko‘rsatdi. Xalqaro sud G‘arb, sionizm kuchlariga bo‘ysunishini ko‘rsatdi. U qirg‘in va genosidni to‘xtata olardi, lekin qila olmadi, xohlamadi.
– dedi Maduro.