Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Pashinyan chekindi: Rossiya qo‘shinlari Eron va Turkiya bilan chegarani egallab turibdi

Pashinyan chekindi: Rossiya qo‘shinlari Eron va Turkiya bilan chegarani egallab turibdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvadagi ikki tomonlama uchrashuvda 2025 yil 1 yanvardan Eron va Turkiya bilan chegaralarni qo‘riqlashda Rossiya chegarachilari bilan birga Armaniston chegara xizmati harbiylari ham ishtirok etishini kelishib oldilar. Bu haqda Pashinyan matbuot kotibi Nozeli Bagdasaryan ma’lum qildi.

"Bosh vazir Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvda 2025 yil 1 yanvardan boshlab Armaniston - Eron va Armaniston - Turkiya davlat chegaralarini qo‘riqlashda Armaniston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari ham ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi," - dedi u.

Bagdasaryan so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya chegarachilari Armaniston-Eron chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktida xizmatni to‘xtatadi - ularning o‘rnini Armaniston MXX chegarachilari egallaydi.

Armaniston bosh vaziri Rossiya prezidenti bilan uchrashuv yakunlarini ijobiy baholadi, dedi Bagdasaryan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar energetika, ta’lim va gumanitar hamkorlik sohalarida keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilib, aniq kelishuvlarga erishdilar.

Bundan tashqari, bosh vazir mintaqaviy masalalarni muhokama qilishda bir qator Rossiya rasmiylari tomonidan qo‘llanilayotgan ritorikadan xavotir bildirdi. Pashinyan Armaniston hukumatining mintaqaviy kommunikasiyalar bo‘yicha pozisiyasi ham ochiq, ham yopiq muhokamalarda o‘zgarishsiz qolishini aytdi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 1353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!