Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Nyu-York meri korrupsiyada ayblanmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkor unga noqonuniy pul o‘tkazgan

Nyu-York meri korrupsiyada ayblanmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkor unga noqonuniy pul o‘tkazgan

Nyu-York shahar meri Erik Adamsga qarshi korrupsiya bilan aloqador bir nechta federal jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Adams Nyu-Yorkdagi o‘zbeklar jamiyati bilan yaqin va jamiyatning deyarli barcha yirik tadbirlarida faol qatnashib kelgan. Qizig‘i - shahar meriga qo‘yilgan ayblovlardan biri o‘zbeklar bilan bilan bog‘liq.

«Nyu-York Tayms» nashrining yozishicha, Nyu-Yorkdagi qurilish kompaniyasi rahbari, asli o‘zbekistonlik Tolib Mansurov Adamsning saylov kampaniyasiga noqonuniy yo‘l bilan pul o‘tkazgan va evaziga undan biznesini yuritishda yordam so‘ragan. Adams Mansurovning Bruklinda qurilishi to‘xtab turgan binosiga hokimiyatdan tegishli ruxsatni olishda yordam bergani da’vo qilinmoqda.

Adamsga qo‘yilgan boshqa ayblovlar ham Nyu-Yorkda yashovchi turkiy jamoalar vakillari bilan bo‘lgan noqonuniy oldi-berdilar haqida.

Bu mashmashalar ortidan Adamsning bir qator yordamchilari o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shagan; ayrimlari jinoyatga sherik sifatida tergovga tortilgan.

Erik Adams ayblovlarni rad etmoqda.

Kiritildi: 06:58 09.10.2024. O'qildi: 2962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!