Isroil, Livan janubida o‘t ochishni to‘xtatish sharti sifatida Hizbullohdan qurollarini tashlab, kuchlarini ikki davlat chegarasidan shimolga olib chiqishni talab qilmoqda.
Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib "Al Arabiya" telekanali xabar berdi.
"Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish evaziga Hizbullohdan qurollarini tashlab, Litani daryosi shimolidan chekinishni talab qilmoqda", - deydi suhbatdoshlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil mudofaa kuchlari Beyrutning janubiy chekkasidagi Xaret Xreyk va Hadas hududlarida joylashgan bir necha binolar aholisini zudlik bilan evakuasiya qilishga chaqirgan edi.