Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Safina Sa’dullayeva yengil atletika bo‘yicha “Brilliant liga”da g‘olib bo‘ldi

Safina Sa’dullayeva yengil atletika bo‘yicha “Brilliant liga”da g‘olib bo‘ldi

“Brilliant liga” – jahon chempionatidan keyingi nufuzli o‘rinda turuvchi musobaqa.

Safina Sadullayeva “Brilliant liga”da g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik atletga aylandi. Bu haqda Sportni rivojlantirsh vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 6 avgust kuni yengil atletika bo‘yicha Polshada “Brilliant liga” musobaqasi bo‘lib o‘tgan.

Engil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha jahonning eng kuchli sportchilaridan biri bo‘lgan o‘zbekistonlik Safina Sadullayeva “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, Safina jahon chempionatidan keyingi nufuzli o‘rinda turuvchi musobaqada g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik atletga aylandi.

Avvalroq 15 yoshli o‘zbekistonlik sportchi Sharifa Davronova Kali shahrida (Kolumbiya) bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 14:33 08.08.2022. O'qildi: 2640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!