Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sadir Japarov Vladimir Putinni 70 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi

Sadir Japarov Vladimir Putinni 70 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi

Qirg‘iziston va Rossiya rahbarlari telefon orqali hamkorlikning dolzarb masalalari, mamlakatlarning integrasiya birlashmalari doirasidagi o‘zaro hamkorligini muhokama qildilar.

Japarov Putinga mustahkam sog‘lik, farovonlik va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Putin Qirg‘iziston prezidentiga tabrik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tomonlar abadiy ittifoqchilik va strategik sheriklik ruhidagi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Japarov va Putin doimiy ravishda aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 19:45 07.10.2022. O'qildi: 2273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!