NATO bosh kotibi Mark Ryuttening ma’lum qilishicha, Yevropa mamlakatlari va Kanada mudofaa uchun ajratilayotgan umumiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning qariyb 4 foiziga yetkazgan.
Anqarada o‘tayotgan NATO sammiti arafasida so‘zga chiqqan Ryutte o‘tgan yili Yevropadagi ittifoqchilar va Kanada asosiy mudofaa xarajatlarini avvalgi yilga nisbatan qariyb 20 foizga oshirganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025–2026 yillarda mudofaa sohasiga yo‘naltirilgan qo‘shimcha investisiyalar umumiy hajmi 258 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.
📆 Ryutte eslatishicha, o‘tgan yilgi NATO sammitida a’zo davlatlar 2035 yilga qadar mudofaa va xavfsizlikka ajratiladigan umumiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.