Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ruxsatnoma olish uchun onlayn ariza topshirishda muammolar bo‘layotgani aytildi

Ruxsatnoma olish uchun onlayn ariza topshirishda muammolar bo‘layotgani aytildi

AOKA huzuridagi shtabda Davlat xizmatlari agentligi direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirova ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi.

❓Ruxsatnoma olish uchun onlayn ariza topshiringlar deyishmoqda. Lekin Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ariza yuborishda muammo bo‘lmoqda.

❗️ Hurmatli fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ham bir tizim. Bir vaqtning o‘zida minglab odamlar murojaatni yuklaganda tizimga yuklama (nagruzka) bo‘lishi tabiiy. Masalan, hozirgacha 90 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Bularni ko‘rib chiqib, qayta ishlashga ham vaqt talab etiladi.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari kunu-tun (kruglosutochno) ishlamoqda. Barchasi ko‘rib chiqilib, tizimda Siz yuborgan ariza bo‘yicha ruxsatnoma berilishi haqidagi xabarnoma shakllangandan keyingina Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Tushunishingizga umid qilamiz.

Kiritildi: 12:16 01.04.2020. O'qildi: 2254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!