Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor bo‘lmoqda

A A A
Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor bo‘lmoqda

“Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Bu haqda "huquqiyaxborot" telegram kanalida ma’lum qilindi.

🔰 Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

👉 37 ta lisenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;
👉 16 ta lisenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;
👉 17 ta lisenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi;
👉 14 ta turdagi lisenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartiriladi;
👉 115 ta lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillari yanada soddalashtiriladi.

❌ Farmonga ko‘ra, xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

🔰 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

👉 turizm faoliyatini lisenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi. 

👉 quyidagilar bekor qilinadi:

• kredit byurolari faoliyatini lisenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;

• dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish faoliyatini lisenziyalashda ushbu faoliyat uchun lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy lisenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida lisenziya rasmiylashtirish amaliyoti;

• yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun lisenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.
 

Kiritildi: 21:00 24.08.2020. O'qildi: 2604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!