Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarning pasportlari tasdiqlanmoqda

Ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarning pasportlari tasdiqlanmoqda

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:

Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi VMQ-727-son qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan:

  • quyidagilar tasdiqlanmoqda:
  • karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma pasportlari;
  • davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
  • mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti;
  • quyidagilar belgilanmoqda:
  • karantin ruxsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
  • ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarni elektron shaklda berish tartibi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.11.2024 yildan kuchga kirdi.

Kiritildi: 11:03 13.11.2024. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!