Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Ukraina qurolli kuchlari rahbariyatini o‘zgartirishga qaror qilingani haqida ma’lum qildi.
U Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga minnatdorchilik bildirgan, ammo «urush o‘zgarayotgani va o‘zgarishlarni talab etishi»ni qo‘shimcha qilgan.
«2022, 2023 va 2024 yillardagi harbiy harakatlar — uch xil reallik. 2024 yil tayyor turish kerak bo‘lgan yangi o‘zgarishlar bilan keldi. Yangicha yondashuvlar, yangicha strategiyalar darkor», — deya qayd etgan Umerov.