Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rustam Qosimjonov – O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi

Rustam Qosimjonov – O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi

Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Qosimjonov xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE Jahon chempioni bo‘lgan.

U o‘zbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. Shuningdek, dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida tanilgan va xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan.
Endilikda Rustam Qosimjonov milliy terma jamoada murabbiy sifatida:

- xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
- yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
- jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash masalalarida faol ish olib boradi.

Uning rahbarligida terma jamoa yanada yuksalib, yuqori natijalarga erishadi deb umid qilamiz.

Kiritildi: 13:05 28.10.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!