AQShda 2020 yilda halok bo‘lgan general Qosim Sulaymoniyning qarindoshlari — jiyani va uning qizi hibsga olingani xabar qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning “yashil karta”lari bekor qilingan va hozirda AQSh migrasiya xizmatlari tomonidan saqlanmoqda.
Xabarlarda aytilishicha, Sulaymoniyning Los-Anjelesda yashagan qarindoshlaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda Eronni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar bergan va Yaqin Sharqdagi amerikalik harbiylarga qarshi harakatlarni yoqlagan.
Bu holat AQShda milliy xavfsizlik bilan bog‘liq choralar kuchaytirilayotganini ko‘rsatishi mumkin.