Nufuzli The Athletic nashri 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 ta terma jamoani imkoniyatlariga qarab 48 ta o‘ringa qo‘yib chiqdi. Ushbu reyting nashr vakillari Nik Miller va Spayers tomonidan shakllantirildi.
Reytingning yuqori qismidan an’anaviy grandlar joy olgan:
Ispaniya
Argentina
Fransiya
Braziliya
Niderlandiya
Angliya
Portugaliya
Germaniya
Kolumbiya
Xorvatiya
Mintaqamiz jamoalari orasida eng yuqori bahoni quyidagilar oldi:
Janubiy Koreya — 16-o‘rin
Yaponiya — 21-o‘rin
Avstraliya — 25-o‘rin
JCH-2026dagi raqiblarimiz va bizning o‘rnimiz quyidagicha ko‘rinish oldi:
Portugaliya — 6-o‘rin
Kolumbiya — 9-o‘rin
Kongo DR — 43-o‘rin
O‘zbekiston — 45-o‘rin
Qayd: «Oq bo‘rilar»dan pastki pog‘onalarda faqatgina Iroq, Kyurasao va Gaiti terma jamoalari joy olgan.