Fiso Ukraina NATO'ga hech qachon a’zo bo‘lmasligini aytdi.
"Ukraina hech qachon NATO'ga kirmaydi, agar ayrim siyosatchilarning so‘nggi bayonotlarini eshitsak, Kiyevning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishida ham katta muammolari bo‘ladi", — deya fikr bildirdi Slovakiya bosh vaziri.
Shuningdek, Fiso Ukraina "hududining uchdan bir qismini yo‘qotishi va xorijiy qo‘shinlar tomonidan bosib olinishi" mumkinligini taxmin qildi.
"Bu to‘rt yillik urush davomida Zelenskiy va uning ma’muriyatiga o‘nlab va yuz minglab qurbonlar to‘g‘ri keldimi? Bu Ukraina fuqarolari yaqin kunlarda javob berishi kerak bo‘lgan savol", — dedi Fiso.