Bokschimiz Ruslan Abdullayev bugun AQShning Kaliforniya shtatida Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jang kechasida ringa ko‘tarildi.
U urugvaylik Eduardo Xaviyer Abreuga qarshi bahs olib bordi. Kutilganidek iste’dodli bokschimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi. 8 raundlik jangning 5- raundida nokdaundan so‘ng raqib tura oldi, ammo keyingi berilgan ketma-ket zarbalarga dosh bera olmadi va referi uni chuqur nokautdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, yurtdoshimiz professional boksdagi 4-jangida ham zafar quchib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.