Cherkov saytida e’lon qilingan murojaatga ko‘ra, patriarx Kirill Ramzan Qodirovning 50 yillik yubileyi va Checheniston rahbari lavozimiga navbatdagi marta tayinlanishi munosabati bilan unga I darajali “Shuhrat va sharaf” ordenini bergan.
Ramzan Qodirov sentyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan Checheniston rahbari saylovida 99,85% ovoz to‘plagandi, bu mutlaq rekord natija hisoblanadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ramzan Qodirovga armiya generali unvonini berdi, bu Rossiyadagi eng oliy harbiy unvondir. Checheniston rahbariga, shuningdek, qizil beret (kuchishlatar tuzilmalarning maxsus bo‘linmalarida eng oliy farqlash belgisi hisoblanuvchi bosh kiyim) berildi.