Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Rus elektridan voz kechish Rossiyaning an’anaviy bo‘yinbog‘ini uzadi

Rus elektridan voz kechish Rossiyaning an’anaviy bo‘yinbog‘ini uzadi

Litva, Estoniya va Latviya Rossiya elektr tarmog‘idan ajraldi. Tarmoq Sovet Ittifoqi qulashi bilan 1990 yillar boshida mustaqillikka erishgan uch davlat uchun Rossiya bilan oxirgi bog‘lanish edi. Ushbu davlatlar 2004 yilda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lgan.

Rossiya elektr tarmog‘idan ajralish haqidagi muzokaralar o‘n yillar davomida olib borilgan, ammo davlatlar texnologik va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan. Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishi, ular hujumga uchrashidan xavotirlanib, o‘tishni yanada shoshilinch qildi.

Davlatlar Rossiyadan energiya xarid qilishni to‘xtatgan bo‘lsa-da, Moskva hamon ularning elektr tizimlarini nazorat qilayotgan edi.

"Endi biz Rossiyaning elektr energiyasi tizimidan geosiyosiy tazyiq vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini yo‘q qilmoqdamiz," - dedi Litva energetika vaziri Zigimantas Vaichiunas AFP agentligiga.

"Rus elektronlari ishtirok etmagan yorug‘lik menga ko‘proq yoqadi," dedi Energetika bo‘yicha Yevropa komissari Den Yorgensen Estoniya poytaxti Tallinnda jurnalistlarga.

"Ta’kidlash joizki, gap xavfsizlik haqida ketmoqda... Hech bir Yevropa davlati Rossiyaga hech narsada qaram bo‘lmasligi kerak," - deya qo‘shimcha qildi u.

So‘nggi oylarda Boltiq dengizida bir nechta suv osti elektr va telekommunikasiya kabellari uzildi. Ba’zi siyosatchilar Rossiyani gibrid urush olib borishda aybladi, ammo Moskva bu ayblovlarni rad etdi.

Kiritildi: 18:53 09.02.2025. O'qildi: 2659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!