Ruminiya hukumati Ukraina bilan chegarada mamlakat havo hududida parvozlarga yangi cheklovlar joriy etishga qaror qildi.
Bu haqda Ruminiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, bayonot matni “TASS” tomonidan taqdim etilgan.
“Ukraina bilan chegaraga tutashgan havo hududida parvozlar uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, taqiq hukumat samolyotlari bundan mustasno, boshqariladigan va uchuvchisiz havo kemalarining parvozlariga taalluqlidir.
Shuningdek, cheklovlar o‘tgan yilning may oyida kiritilgani, endi esa ular to‘ldirilishi ko‘rsatilgan.