Rubl yo‘nalishini o‘zgartirib, yana tushishni boshladi.
Rossiya fond va valyuta bozori chorshanba kuni Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muzokaralari natijalariga ko‘ra yana pasayishga yuz tutdi.
Rossiyaning 43 ta yirik kompaniyasi aksiyalarini o‘z ichiga olgan Moskva birjasi indeksi Moskva vaqti bilan soat 15:01 holatiga ko‘ra 1,24 foizga pasayib, 3217 punktni tashkil etdi, savdo sessiyasining dastlabki daqiqalarida esa 2 foizdan ko‘proq yo‘qotgan edi.
Yuan kursi rublga nisbatan 3,2 foizga ko‘tarilib, 11,57 rublni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri Rossiya valyutasining eng kuchli kunlik tushishi bo‘ldi. Forex bozorida rubl dollarga nisbatan 2,6 foiz, yevroga nisbatan 1,8 foiz qiymatini yo‘qotmoqda: AQSh dollari 83,85 rubl, yevro esa 91,04 rublga teng. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya banklararo bozorida dollar 83,1-83,9 rubl, yevro esa 91,5 rubl oralig‘ida kotirovka qilinmoqda.
Aksiyalar bozoridagi pasayish bir kun oldin kechqurun - Putin va Tramp deyarli 2 soatlik suhbatni yakunlaganidan so‘ng tez orada boshlandi.