Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rubio Zelenskiydan kechirim so‘rashni talab qildi

Rubio Zelenskiydan kechirim so‘rashni talab qildi

AQSh Senatining a’zosi Marko Rubio Zelenskiydan sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘rashni talab qildi.

"Ukraina prezidenti shunday yakunlanishi aniq bo‘lgan uchrashuv uchun vaqtimizni behuda sarflagani uchun kechirim so‘rashi kerak," dedi Rubio CNN telekanali efirida.

Rubio, shuningdek, Zelenskiyning haqiqatan ham tinchlik izlayotganiga shubha bildirdi.

"Zelenskiy tinchlik kelishuvini istamayotgandek tuyulmoqda. U istayman deydi, lekin balki istamayotgandir. Tinchlikka erishish yo‘lidagi faol va ochiq harakatlarning buzilishi, bu jarayonga aralashgan barcha odamlarni chuqur tushkunlikka solmoqda," dedi AQShning yuqori martabali diplomati.

Zelenskiy hozircha uzr so‘ramadi va Trampga xayrixoh bo‘lgan Fox News telekanaliga shunday dedi: "Biz noto‘g‘ri ish qilganimizga ishonchim komil emas."

Kiritildi: 22:56 01.03.2025. O'qildi: 1519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!