Yevrokomissiya iyun oyi oxirigacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini taqdim etishi mumkin. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot RTL radiosi orqali bayonot berdi .
"Kecha biz o‘z takliflarimizni Yevrokomissiyaga yubordik va u ularni yangi sanksiyalar paketiga kiritishi kerak, umid qilamizki, bu paket iyun oxirigacha taqdim etiladi", - dedi Frantsiya TIV rahbari intervyuda.