"Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Marko Rubio va prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff 16-18 aprel kunlari Parijda yevropalik hamkasblari bilan Ukraina masalasida muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan. Amerikalik rasmiylar prezident Trampning Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatish va qon to‘kilishiga barham berish borasidagi maqsadlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rubio Parijda mintaqadagi umumiy manfaatlarni rivojlantirish yo‘llarini ham muhokama qiladi", deyiladi Davlat departamenti veb-saytida e’lon qilingan xabarda.
Avvalroq Politico nashri o‘z manbalariga tayanib, Rubio va Uitkoffning Fransiyaga borishi haqida xabar bergan edi.