AQSh davlat kotibi muzokaralar davom ettirilishini aytdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi, deya xabar bermoqda nashr.
"Menimcha, bu uchrashuvdan asosiy xulosa shundaki, u juda muhim bo‘ldi. Ehtimol, bu yanvardan AQShning yangi ma’muriyati ish boshlaganidan buyon o‘tkazilgan eng yaxshi uchrashuv va eng yaxshi kun bo‘ldi", — dedi Marko Rubio jurnalistlarga.
Ukraina delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham bugungi uchrashuv samarali bo‘lganini ta’kidladi.
"Biz sezilarli o‘zgarishga erishdik va ukrain xalqiga munosib bo‘lgan adolatli va mustahkam tinchlik sari harakatlanmoqdamiz", — dedi Yermak.