Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, Ukraina va Yevropa davlatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish bo‘yicha taklif ishlab chiqadigan qo‘shma komissiya tuzdi.
Ma’lum qilinishicha, unga AQSh davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qilmoqda. Komissiya faoliyatida, shuningdek, Ukraina va Yevropa davlatlarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etmoqda.