Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rubio Ukraina muzokaralarida Yevropa masalalarini muhokama qilmaslikka va’da berdi

Rubio Ukraina muzokaralarida Yevropa masalalarini muhokama qilmaslikka va’da berdi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Yevropa vakillarini Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha muzokaralarda Yevropa davlatlariga bevosita daxldor masalalar muhokama qilinmasligiga ishontirdi.

Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, Ukraina va Amerika delegasiyalarining Jenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida "Rubio yevropaliklarga Yevropa davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi masalalar davom etayotgan muhokamalarga kiritilmasligini yakka tartibda aytdi".

Biroq Shveysariyadagi muzokaralar arafasida AQSh armiyasi kotibi Daniel Driskoll yevropaliklar bilan suhbatda yevropaliklar munozaralardan chetda qolayotganini ta’kidladi, chunki yevropalik vakillar mojaroga "xolis baho berish uchun ukrainalik hamkasblari bilan juda yaqin bo‘lib qolgan".

Kiritildi: 08:50 28.11.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!