AQShning Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Rossiya bilan aloqalari, jumladan, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Vitkoff o‘rtasidagi uchrashuv istiqbolli. Tomonlar o‘z natijalarini tez orada e’lon qilishlari mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
U CBS News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: "Menimcha, umid beruvchi uchrashuv bo‘ldi. Umid qilamanki, biz tez orada e’lon qilamiz. Bunga kafolat bera olmayman, lekin uchrashuv shubhasiz istiqbolli edi" - dedi Rubio.