AQSh ma’muriyati Eronni chet el fuqarolarini nohaq va tizimli ravishda hibsga oluvchi davlat sifatida belgilashga qaror qildi.
AQSh Davlat kotibi va Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Marko Rubio bu haqda 27 fevral kuni e’lon qilib, barcha AQSh fuqarolarini Eronni "darhol tark etishga" chaqirdi.
AQSh Davlat kotibining yozma bayonotiga ko‘ra, "Eron o‘nlab yillar davomida boshqa davlatlar ustidan siyosiy ta’sir o‘tkazish uchun begunoh amerikaliklar va boshqa davlatlar fuqarolarini shafqasizlarcha hibsga olishda davom etib kelmoqda". "Agar Eron bu amaliyotni to‘xtatmasa, biz qo‘shimcha choralarni, jumladan, Eronga sayohat qilish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun AQSh pasportlaridan foydalanishga potensial geografik cheklovlarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lamiz", deb ta’kidladi Rubio.
Uning fikricha, "hech bir amerikalik hech qanday sabab bilan Eronga bormasligi kerak". "Biz hozirda Eronda bo‘lgan barcha amerikaliklarni darhol tark etishga chaqiramiz", deb ta’kidladi Davlat kotibi.