Ruandada Marburg virusi bilan kasallangan 58 ta holat qayd etilgan, shu jumladan 13 ta o‘lim qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi. "10 oktyabr holatiga ko‘ra, Ruandada Marburg virusi bilan kasallangan jami 58 ta holat qayd etilgan, ulardan 13 nafari o‘lim holatlarini tashkil etadi”, — deyiladi nashrda. 15 kishi isitmadan tuzalib ketdi, deya qo‘shimcha qildi tashkilot. Shu bilan birga, kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan 700 dan ortiq kishi shifokorlar nazoratida. JSST epidemiyani 3-darajali favqulodda holat deb tasnifladi. Qayd etilishicha, bu favqulodda vaziyat uchun eng yuqori ichki darajadir. Shu munosabat bilan tashkilotning tezkor guruhi mahalliy tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatga yo‘l oldi.