Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

RPK qurolli kurashni tugatishi va o‘zini tarqatishi mumkin

RPK qurolli kurashni tugatishi va o‘zini tarqatishi mumkin

Turkiyaga qarshi uzoq yillik qurolli kurashi bilan tanilgan Kurdiston Ishchi partiyasi (RPK) yaqin orada o‘zini tarqatishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Middle East Eye manbalari ma’lum qilmoqda.

5–7 may kunlari tashkilot qurultoy o‘tkazib, qamoqdagi asoschisi Abdullo Ojalanning fevral oyidagi murojaatini muhokama qilgan. Unda Ojalan RPK va boshqa kurd harbiy guruhlarini qurolni yerga qo‘yishga va tinch yo‘lni tanlashga chaqirgan.

Ojalan qurolli kurash Turkiya hukumati tomonidan kurdlarning huquq va erkinliklari inkor etilgan davr uchun maqbul bo‘lganini, biroq hozirgi siyosiy o‘zgarishlar va islohotlar sharoitida bu usul o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ta’kidlagan.

RPK mart oyida otishmalarni to‘xtatishni e’lon qilgan edi. Endi esa tashkilot o‘zini tarqatish va tinch siyosiy jarayonlarga o‘tish haqida "tarixiy qarorlar" qabul qilganini ma’lum qilmoqda. Rasmiy hujjatlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:34 09.05.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!