Bugun 14 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning Sibir mintaqasida kuzatilgan bo‘ron oqibatida o‘nlab insonlar jarohatlandi

Rossiyaning Sibir mintaqasida kuzatilgan bo‘ron oqibatida o‘nlab insonlar jarohatlandi

Hakasiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 32 nafar, jumladan bir bola turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, bir nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.

Irkutsk viloyati rahbari Igor Kobzevning xabar berishicha, tibbiyot muassasalariga yetti kishi murojaat qilishgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.

Bundan tashqari, 5 aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida Kemerovo viloyati, Oltoy o‘lkasi, Oltoy va Hakasiya Respublikalari, Krasnoyarsk o‘lkasi hamda Novosibirsk viloyatida elektr ta’minotida ommaviy uzilishlar yuzaga keldi.

Kiritildi: 18:58 06.04.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!