Rossiyaning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda bosh konsul Aleksandr Zaxarov ma’lum qildi , deya xabar beradi RIA Novosti .
– Bu yil o‘zgacha, Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi nishonlanmoqda. Tuman faxriylar tashkilotlari bilan birgalikda ushbu tarixiy sanaga bag‘ishlab qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, — dedi diplomat.