Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish rejasi yo‘q — Rossiya TIV

Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish rejasi yo‘q — Rossiya TIV

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federasiyasining NATO hududiga hujum qilish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Avvalroq OAVda Litva 2027 yil oxirigacha bundesverning 4000 askari joylashtiriladigan harbiy baza qurilishini boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Germaniya o‘z qo‘shinlarini Litvada joylashtirishni "tarixiy qaror" deb baholaydi", deya Tashqi ishlar vazirligi "birinchi harbiy xizmatchilar joriy yilning aprel oyida kelganligini, 2025 yilda nemis brigadasining rasmiy "faollashuvi" haqida e’lon qilinishi rejalashtirilganligini" qo‘shimcha qildi.

"U, Rossiya qo‘shinlari Boltiqbo‘yi mamlakatiga hujum qilgan taqdirda, ularning "birinchi zarbasini" o‘z zimmasiga olishi kerak deyishadi. Germaniyaning yuqori martabali harbiy amaldorlari Rossiya yaqin 5-7 yil ichida NATO hududiga “hujum qilishi” mumkinligiga ishonmoqda”, — deyiladi TIV xabarida.

“O‘z navbatida, biz yana bir bor ta’kidlaymizki, mamlakatimizda bunday rejalar yo‘q”, — dedi Rossiya TIV.

Kiritildi: 22:27 01.09.2024. O'qildi: 1440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!