Bu haqda "Wall Street Journal"da yozilgan maqolada aytilgan.
Maqoladan eng muhim tezislar:
Putin G‘arbning Ukrainaga bostirib kirishini qaytarishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlariga dosh berdi va uning qudrati o‘zgarmasligicha qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari yangi strategiyaga muhtoj: bu tiyilish.
👉 Putinning vaqt u tomonida ekanligiga ishonish uchun asos bor. Rossiya iqtisodiyoti zarar ko‘rdi, ammo parchalanib ketmadi. Putinning hokimiyati mustahkamlandi. Harbiy operasiyani xalq qo‘llab-quvvatlashi kuchli, elitaning Putinni qo‘llab-quvvatlashi esa zaiflashmagan.
👉 G‘arb yetakchilari faqat magical thinking bilan shug‘ullanadilar - sanksiyalar kiritish, Ukrainaning muvaffaqiyatli qarshi hujumi yoki Kremlni muzokaralar stoliga majburlash uchun yangi qurollarni Ukrainaga berish — hech biri ish bermadi. Bermasdi ham.
👉 Yuqoridagi harakatlar ish bermasligi haqida fikr bildirgan adekvat siyosatchilar tinglanmadi, balki xoinlikda ayblandi.
👉 Ukrainaga bostirib kirishidan olti oydan ko‘proq vaqt oldin Putin Rossiyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi strategiyasini imzolagandi. Hujjatning asosiy maqsadi mamlakatni G‘arb bilan uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorlash edi. Bugun Putin xalqqa strategiyasi ishlayotganini aytishi mumkin.
👉 Rossiya yutqazayotganidan darak beradigan hech qanday ishora yo‘q. Rossiya iqtisodiyotini boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan texnokratlar iqtisodning chidamli va moslashuvchanligini isbotladilar. Neft narxining oshishi byudjetni to‘ldiryapti.