Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning Kiyevga yirik hujumi: halok bo‘lganlar bor, Kiyev-Pechersk Lavrasiga zarar yetdi

Rossiyaning Kiyevga yirik hujumi: halok bo‘lganlar bor, Kiyev-Pechersk Lavrasiga zarar yetdi

Rossiya armiyasi tun davomida Ukraina poytaxti Kiyevga keng ko‘lamli havo hujumini amalga oshirdi. Hujum oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortiq odam jarohat oldi.

Ukraina Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hujumda 600 dan ziyod dron va 70 ta raketa qo‘llangan. Asosiy nishon Kiyev shahri bo‘lgan.

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning bildirishicha, halok bo‘lganlar soni kamida besh nafarni tashkil etmoqda. Jarohatlanganlar orasida 5 va 6 yoshli ikki nafar bola ham bor. Avvalroq Kiyev meri Vitaliy Klichko jabrlanganlar orasida homilador ayol ham borligini ma’lum qilgan edi.

Hujum oqibatida Kiyevning tarixiy va diniy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Kiyev-Pechersk Lavrasiga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, Ukraina kino sanoatining muhim markazlaridan sanaluvchi Aleksandr Dovjenko nomidagi kinostudiya ham katta talafot ko‘rgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, shahar bo‘ylab 50 ga yaqin nuqtada qutqaruv va yong‘in o‘chirish xizmatlari ish olib bormoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Kiyev, Dnepr va Xarkov shaharlaridagi «mudofaa-sanoat majmuasi ob’ektlari»ga ommaviy zarba berilganini ma’lum qildi.

Bu hujum so‘nggi oylarda Kiyevga uyushtirilgan eng yirik havo hujumlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:41. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!