Rossiyaning Gresiyadagi elchisi Andrey Maslov Afina va Moskva o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik butunlay to‘xtaganiga qaramay, ikki tomonlama munosabatlarning butunlay uzilishi xavfini ko‘rmasligini aytdi.
“O‘tgan yili Gresiya tomoni ikki tomonlama munosabatlarimiz an’anaviy do‘stona xarakterga ega bo‘lishiga qaramay Rossiya bilan barcha sohalarda hamkorlikni butunlay to‘xtatdi”, — dedi u RIA Novosti agentligiga.
Shu bilan birga, diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Gresiya Tashqi ishlar vazirligi bilan ishchi aloqalar saqlanib qolgan.
"Ikki tomonlama munosabatlarning butunlay uzilishi xavfi yo‘q", - dedi u.