Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning eng boy odam ma’lum bo‘ldi

A A A
Rossiyaning eng boy odam ma’lum bo‘ldi

Rossiyadagi eng boy odam ma’lum bo‘ldi. Bu "Norilsk nikel" kon-metallurgiya kompaniyasining egasi va prezidenti Vladimir Potanindir.

Potaninning boyligi 32 milliard dollarni tashkil etadi, 2021 yil boshidan buyon u 622 million dollar yo‘qotgani va ikki milliarddan sal ko‘proq daromad olgani qayd etilgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni 28,4 milliard dollarlik boyligi bilan "Novolipesk" metallurgiya zavodi egasi Vladimir Lisin egalladi.

Ro‘yxatdagi yagona ayol Tatyana Bakalchuk, "Wildberries" onlayn-do‘konining asoschisi va bosh direktori: yil boshidan buyon u o‘z boyligini 9,53 milliardga ko‘tarib, 443 million dollar ishlab topdi.

Avvalroq mamlakatning eng badavlat kishisi 29,1 milliard dollar boylik bilan "Severstal" direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov deb topilgandi. U endi uchinchi o‘rinda.

Kiritildi: 17:10 03.05.2021. O'qildi: 5846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!