Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyaning do‘sti, Isroil razvedka xizmatining sobiq rahbari: «Rossiya armiyasiga uyat!»

Rossiyaning do‘sti, Isroil razvedka xizmatining sobiq rahbari: «Rossiya armiyasiga uyat!»

Isroilning «Nativ» razvedka xizmatining sobiq rahbari, hozirda mashhur rossiyalik targ‘ibotchi Yakov Kedmi Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi hujumi haqida fikr bildirdi.

Kedmi Kursk operasiyasining asosiy maqsadi «targ‘ibot» deb hisoblaydi. Va Ukraina kuchlari buni ajoyib tarzda amalga oshirdi.

«Birinchi narsa shundaki, Rossiya armiyasi kuchsiz. Ikkinchisi, Ukraina armiyasi kuchli. Ular muvaffaqiyatga erishdilar! Ularni u yerdan uloqtirishni boshlashmadi... Ukraina armiyasi Rossiya Bosh shtabi va Rossiya rahbariyati kutganidan ancha kuchliroq bo‘lib chiqdi», — dedi Kedmi.


Uning ta’kidlashicha, urush paytida Ukraina bir necha bor bunday tezkor hujumlarini frontda muvaffaqiyat bilan amalga oshirgan.

«Rossiya Ukrainani mag‘lub eta olmaydi. Rossiya o‘z harakatlari bilan Ukraina himoyasini yorib o‘tib, g‘alaba qozona olmasligini isbotlamoqda. Rossiya kichik Ukrainani mag‘lub eta olmadi. Dunyodagi eng kuchli armiyaga ega ekanligi bilan maqtanadigan Rossiya Ukraina armiyasiga dosh bera olmadi», - deydi Kedmi.

Uning fikricha, Kreml bu urushda o‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Ukraina bu urushdan omon qolgani va davlat sifatida saqlanib qolgani allaqachon ayon.

Kiritildi: 16:36 07.09.2024. O'qildi: 9554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!